Oʻrta maktablarda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi

Illyustrativ foto
Kecha, 8-sentyabr kuni Prezidentimiz maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish, oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha qarorni imzoladi.

Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, Oʻquvchi yoshlar markazi va Oʻzbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.
“Kelajak” markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, kitobxonlik, sport va ekologiya yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qiladi.
Ushbu tizim bilan barcha maktablar qamrab olinishi taʼkidlandi. Har bir oʻrta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchilar oʻquvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, sanʼat va sport toʻgaraklarini tashkil qiladi.
Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari sinf rahbari, maktab psixologi bilan xulq-atvorida salbiy oʻzgarish boʻlgan oʻquvchilarni taʼlim va oiladagi muammolarini oʻrganib, ularni yengib oʻtishga hamrohlik qiladi.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa oʻquvchilarni maktabdan tashqari vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun masʼul boʻladi.
Eng asosiysi, endi maktablarda oʻquvchilarning toʻgaraklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erishgan natijalari boʻyicha “raqamli portfolio”si shakllanib, elektron shahodatnomada koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring