Oʻrmonlardan samarali foydalanish va choʻllanishga qarshi kurashish masalalari oʻrganilmoqda
Bugun mamlakatimizda oʻrmonlar hududini kengaytirish, yashillik darajasini oshirish orqali iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, choʻllanishga qarshi samarali kurashish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Prezident farmon va qarorlarida oʻrmon fondini muhofaza qilish, koʻpaytirish, undan oqilona foydalanish, uning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, sohaga bozor mexanizmlarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan tuzilgan ishchi guruh Surxondaryo viloyatida amaliy ish olib bordi.
Ishchi guruh dastavval viloyat hokimligida soha mutaxassislari bilan muloqot oʻtkazdi.
Unda oʻrmonlardan oqilona foydalanish, yashillik darajasini koʻpaytirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga, davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarga, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati xususida maʼlumotlar berildi.
Qonunchilik ijrosini taʼminlashda masʼul davlat organlari faoliyati, quyi tuzilmalardagi ishlar, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish holati tahlil etildi.
Ishchi guruh oʻrganishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring