Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
Joriy yilning 30-may kuni “Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot: Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- 2030-yilgacha 1,5 million gektarda oʻrmonlar barpo etish, ularni qayta tiklash hamda 3,8 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish;
- 2030-yilgacha 9,2 ming tonna daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash hamda 919 million dona nihol va koʻchatlarni yetishtirish;
- 2025–2026-yillarda togʻ va togʻoldi hududlardagi 500 gektarda “terrasa” usulida daraxt va buta koʻchatlari ekish.
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasi negizida “Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi.
Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi “Aqlli oʻrmon xoʻjaligi” (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:
- oʻrmon resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ularning holatini real vaqt rejimida monitoring qilish;
- oʻrmon xoʻjaligi sohasi faoliyati zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt va integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali samarali boshqarilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring