Oʻquvchilar oʻrtasida “Yashil chiroq” musobaqasi oʻtkaziladi

06:36 28 Aprel 2022 Jamiyat
1905 0

Foto: Arxiv surat

“Taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (212-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi (umumiy shtatlar doirasida).

Qarorga koʻra, maktablarda koʻngilli yoshlar ishtirokida yoʻl harakati qoidalarini faol targʻib qiluvchi “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.

 

2022-yil 1-sentyabrdan “Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bogʻcha tarbiyalanuvchilari va oʻquvchilarga yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-koʻrgazmali oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi.

Qaror bilan “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubini tashkil etish va “Yashil chiroq” musobaqasini oʻtkazish tartiblari tasdiqlandi.

Klubga 9-11-sinf oʻquvchilari aʼzo boʻlishi mumkin.

“Yashil chiroq” musobaqasi gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер