Oqqoʻrgʻondagi kanallardan biriga 13 ta eshakning goʻshti hamda suyaklari tashlab ketildi. Tuman matbuot xizmati vaziyatning nazoratga olinganini maʼlum qilgan
Bugun, 9-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Tosh” kanaliga 13 ta eshakning suyaklari tashlab ketilgani haqidagi videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Oqqoʻrgʻon tumani matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea tumanning “Qoʻrgʻontepa” MFY hududida sodir boʻlgan. Mahalla aholisi va masʼullar bilan suhbatlashib, huquqbuzarlarni aniqlash chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Holat yuzasidan ishchi guruh tuzilgan va oʻrganish ishlari boshlab yuborilgan. Holat boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshligʻining Matbuot kotibi Bobur Tulyaganov Oqqoʻrgʻon tumanidagi holat yuzasidan vazirlik munosabatini bildirdi. “Oqqoʻrgʻon tumanida suvga hayvon suyaklari tashlab ketilayotganligi holati Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan”, deyiladi xabarda.
Aniqlashtirilishicha, 3 nafar shaxs shu ishga gumondor sifatida jalb qilingan va tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.
Hozirda IIBB Karantin tadbirlarini tashkil qilish boʻlinmasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan Oqqoʻrgʻon tumanida aniqlanib Ohangaronda fosh etilgan mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv va hududni dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring