Oʻqish maqsadida xorijga borayotgan oʻzbekistonliklar soni kamaydi

10:29 15 Oktyabr 2025 Jamiyat
187 0

2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 20,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat quyidagicha taqsimlangan:

  • Tojikiston – 5 270 nafar;
  • Rossiya – 4 649 nafar;
  • Qirgʻiz R. – 3 064 nafar;
  • Koreya – 2 309 nafar;
  • Turkiya – 1 538 nafar;
  • Qozogʻiston – 874 nafar;
  • Xitoy – 797 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 567 nafar;
  • Germaniya – 285 nafar;
  • AQSH – 256 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 5,1 ming nafarga yoki 24,6 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?