“Open byudjet”da ovoz berish boshlandi
Foto: Muhsin Umurzoqov/«Xalq so'zi»
“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, fuqarolar oʻz hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash uchun loyihalarga ovoz berishlari mumkin. Jarayon 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Ovoz berish “Ochiq byudjet” portali, mobil ilova yoki Telegram bot orqali amalga oshiriladi.
Taʼkidlash joiz, fuqarolar tomonidan ovoz berish boʻyicha maxsus SMS kodni qabul qilish uchun oʻrtacha ikki daqiqa talab etilmoqda. Shu sababli ovoz berish uchun maxsus kodni Portalga kiritish vaqti ikki daqiqagacha uzaytirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring