Oʻndan ortiq fuqarolarni kiberfiribgarlik tuzogʻiga tushirgan Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyada qoʻlga olindi
Kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etgan fuqaro Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqida Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilgan. Natijada ilgari bir qator kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 nafardan ortiq fuqarolarning mablagʻlarini oʻzlashtirib ketganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan 2005-yilda tugʻilgan fuqaro Z.U. qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
Bosh konsulxona ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabrlangan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlarini soʻragan.
“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan Turkiyada yashiringan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil davom ettiriladi va «jinoyat uchun javobgarlik” tamoyili qatʼiy taʼminlanadi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, soʻnggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelib tushayotgan murojaatlar soni ortayotganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolishdan ogoh boʻlishlari soʻralgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring