Olimlar “omikron”ni bloklovchi antitanani topdi

16:40 11 Aprel 2023 Dunyo
1305 0

Bugun dunyoda “omikron”ning turli subvariantlari dominant versiyaga aylangan. Yangi paydo boʻlayotgan mutatsiyalar ham hozircha shu shtammga tegishli. Uni yuqtirayotganlar asosan yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishidan aziyat chekmoqda.

Qatar davlatida joylashgan nufuzli Ueyl Kornell tibbiyot kolleji tadqiqotchilari SARS-CoV-2 ning barcha shtammlari, xususan, “omikron”ni bloklovchi S728-1157 nomli yangi antitanani topganini maʼlum qildi.

Jonivorlarda oʻtkazilgan dastlabki sinovlar shuni koʻrsatdiki, ushbu antitanalar orqali amalga oshiriladigan muolaja burun boʻshligʻi va oʻpkada virusli zarrachalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

Olimlar xulosasiga koʻra, S728-1157 antitanasi koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo boʻlishi bilan samaradorligi pasayib borayotgan anʼanaviy monoklonal davolash usulining muqobili boʻlishi mumkin.

Yangilik navbatdagi bosqichda insonlarda klinik sinovdan muvaffaqiyatli oʻtishi kerak. Shundan soʻng u tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Shifokorlar kasallikni davolashdan koʻra uning oldini olgan afzal, degan yakdil fikrda. Bu borada hozircha COVID-19 ga qarshi vaksinalardan samaraliroq vositalar yaratilgani yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер