Olimlar miya qon tomirlarini ikki barobar aniq ko'rish imkonini ishlab chiqdi
Illyustrativ foto
Saratov davlat universiteti olimlari miya qon tomirlari tasvirini deyarli ikki baravar yaxshilaydigan yangi usulni taklif etdi. Bu texnologiya insultdan keyingi tiklanish jarayonini kuzatish va boshqa nevrologik kasalliklarning dinamikasini aniq baholashga yordam beradi. Tadqiqot natijalari "Journal of Innovative Optical Health Sciences" jurnalida chop etildi.
Mutaxassislarning aytishicha, bugungi MRT, KT yoki UZI kabi metodlar foydali ma'lumot beradi, lekin miyadagi mayda qon tomirlarini uzoq muddatli va yuqori aniqlikda kuzatish uchun hamisha ham mos kelavermaydi. Cherep suyagi lazer nurini tarqatib yuborgani sababli tasvir burmalangan holda chiqadi va mikrosirkulyasiyani ko'rish qiyinlashadi.
SDU va bir qator Rossiya hamda Britaniya muassasalari olimlari birgalikda takomillashtirilgan optik usul orqali tomirlar kontrastida taxminan 100 foiz o'sishga erishdi. Ya'ni avval suyak fonida yo'qolib ketadigan qon tomirlari ham endi ravshan ko'rina boshladi.
Olimlar muammoni hal qilish uchun ikki yondashuvni taklif qilmoqda: birinchisi — cherepni vaqtincha "shaffoflashtirish". Buning uchun ular oziq-ovqat mahsulotlarida ishlatiladigan sariq bo'yoq — E102 tartrazin moddasidan foydalanishni taklif etdi. Ikkinchisi — raqamli qayta ishlash algoritmlari yordamida suyak ta'sirini tasvirdan "ayirib" tashlash va faqat qon oqimi signalini aniqlash.
Tadqiqotchilarga ko'ra, har ikkala usul birlashtirilganida tomirlar ancha ravshan ko'rinadi, miya qon aylanishi haqidagi ma'lumotlar esa aniqlashadi. Bu insultdan keyingi davolash qay darajada samara berayotganini kuzatishda, qaysi sohalar ko'proq shikastlanganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislar kelgusida ushbu metodni terini o'rganishda ham qo'llashni rejalashtirgan. Ularga ko'ra, bunday tadqiqot diabetni yoki ayrim onkologik jarayonlarni erta aniqlash imkonini berish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring