Olimlar his qiluvchi qoʻl protezi yaratdi
Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti tadqiqotchilari tomonidan qoʻl barmoqlari oʻrnini bosuvchi noyob protez yaratildi.
3D-printer yordamida yasalgan mazkur qurilma yuzasi sunʼiy teri bilan qoplangan. U inson barmoqlariga xos barcha funksiyalarni bajarishga qodir. Qolaversa, tashqi taʼsirlar, masalan, issiq va sovuqni, ogʻriqni his qilish qobiliyatiga ega.
Buning uchun protez inson barmoqlari uchidagi turli nerv tolalari singari miyaga signallar joʻnatadagan maxsus mitti sensorlar bilan jihozlangan.
Olimlar haqiqiy taktil neyronlar faoliyatiga juda oʻxshash ushbu sunʼiy nerv signallari hosil qilinishini katta voqelik, deb hisoblamoqda.
Qolaversa, tajribalar davomida protez barmoqlar qoplamalarini xuddi inson terisi bilan bir xil koʻrinishda yasashga muvaffaq boʻlindi.
Mutaxassislar fikricha, bu kashfiyot kelajakda robotlar qoʻllarini yaratishda ham foydali boʻlishi mumkin. Chunki mazkur protezlar kichik va nozik detallar bilan ishlash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring