Endi jinoyatchilarga oson boʻlmaydi
Amerikalik olimlar qadimgi Misrda ishlatilgan maxsus koʻk rangni zamonaviy usulda yangidan yasashga muvaffaq boʻlishdi. Bu rang taxminan 5 ming yil avval ishlatilgan boʻlib, u dunyodagi eng qadimgi sunʼiy rang hisoblanadi. Bu haqidagi yangilik “Heritage Science” jurnalida chop etilgan tadqiqotda soʻz boradi.
Vashington shtati universiteti olimlari boshqa muassasalar bilan hamkorlikda olib borgan tadqiqotda turli xomashyolarni aralashtirib, yuqori haroratda qizdirish orqali 12 xil turdagi Misr koʻk rangini sinab koʻrishdi. Bu ranglar keyinchalik qadimgi Misr artefaktlari bilan solishtirilib, qanday tayyorlanganini aniqlashga yordam berdi.
Qiziqarli tomoni shundaki, bu rang nafaqat chiroyli koʻrinadi, balki texnologiyada ham foydali boʻlishi mumkin. U maxfiy yozuvlarni koʻrsatish, barmoq izlarini aniqlash va qalbakilashtirishga qarshi siyohlarda ishlatilishi mumkin. Shuningdek, bu pigment infraqizil nurlanish chiqaradi. Bu esa koʻzga koʻrinmaydi, lekin ilmiy asboblar yordamida aniqlanadi. Bu esa soxta, qalbaki pul va shu kabi mahsulotlar tayyorlovchilar uchun haqiqiy toʻsiq boʻlishi kutilmoqda.
Tadqiqot natijasida eng tiniq koʻk rang hosil qilish uchun pigment tarkibining yarmi yetarli ekani maʼlum boʻldi. Qolgan tarkib qanday boʻlishidan qatʼi nazar, asosiy koʻk rangni hosil qilishga katta taʼsir qilmaydi.
Olimlar tomonidan tayyorlangan ushbu yangi pigmentlar hozirda AQSHning Pittsburg shahridagi muzeyda namoyish etilmoqda. Ular qadimgi Misrga bagʻishlangan doimiy koʻrgazmaning bir qismiga aylangan. Bu ish tarixiy ranglarni oʻrganishga yordam beradi va kelajakda yangi texnologiyalar uchun ham foydali boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring