Oliy Majlis Senatining ellik birinchi yalpi majlisi 30-mart kuni chaqiriladi
Bugun, 28-mart kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Unda Senatning ellik birinchi yalpi majlisini 2024-yil 30-mart kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlis kun tartibida “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimga hamda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomani (Toshkent, 2022-yil 1-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun ham oʻrin olgan.
Senatorlar “Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar toʻgʻrisidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni ham koʻrib chiqadi.
Bundan tashqari, senatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.
Yalpi majlisda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasi muhokama qilinishi ham rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, senatorlar Oliy Majlis Senati Kengashining bir qator qarorlarini tasdiqlash masalasini ham koʻrib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring