Oliy Majlis Senatida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senatida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining joriy yilgi birinchi ochiq stipendiya tanlovida muvaffaqiyat qozongan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Mazkur uchrashuvda senatorlar gʻolib yoshlarni tabriklab, ularning bilim olish, xorijiy tillarni puxta egallash, yangi gʻoya va tashabbuslarni ilgari surish yoʻlidagi intilishlari mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.




Bildirilishicha, Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 19 milliondan ortiqni tashkil etib, ular umumiy aholining qariyb 60 foizini qamrab olgan. Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ziyod yigit-qizlar kirib kelmoqda. Shu bois yoshlarni qoʻllab-quvvatlash strategik ahamiyat kasb etadi. Bu yoʻnalishda ularning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan 100 dan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingani taʼkidlandi.




Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning taʼlim olishi, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasblarni egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijda taʼlim olish jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi.




Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring