Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi

Mahmud Shuhratovich Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi maʼlumot Qonunchilik palatasi veb-saytida paydo boʻldi.
Maʼlumot uchun, Mahmud Istamov 1979-yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
U 2014-2017-yillarda mehnat faoliyatini Prezident administratsiyasidagi Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shuʼbasi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shuʼbasi mudiri lavozimida olib borgan.
2017−2019-yillarda Adliya vaziri oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Mahmud Istamov 2019-yil 13-iyunda Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari etib saylangan.
Mahmud Istamov 2021-yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024-yil fevral oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring