Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Bokuda oʻtayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi. Yozda 48 yoshni qarshilaydigan hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Ikki urinish natijasiga koʻra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Yurtdoshimiz faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball toʻpladi.
Shu tariqa, sportchimiz qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor boʻlgan edi.
Tayanib sakrash, ayollar:
Oltin: Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
Kumush: Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 13.433
Bronza: Linmin Yu (Xitoy) – 13.383
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring