OFK Elit chempionlar ligasi 2-tur ramziy jamoasi eʼlon qilindi — unda Javohir Sidiqov ham bor

15:56 05 Oktyabr 2025 Sport
248 0

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Elit chempionlar ligasi musobaqasi 2-turining ramziy jamoasini eʼlon qildi. Ushbu roʻyxat OFKning rasmiy sahifasida eʼlon qilingan.

Ahamiyatlisi, ramziy jamoaga “Nasaf” klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Javohir Sidiqov ham kirdi.

2-tur ramziy jamoasi toʻliq tarkibi:

— Amin Leomt Addani

— Mateus Enrike

— Eddi Israfilov

— Chxoy Jun

— Teo Ernandes

— Edmilson Junior

— Javohir Sidiqov

— Sergey Milinkovich-Savich

— Jong Sin Von

— Xoselu

— Akram Afif

— Eslatib oʻtamiz, “Nasaf” 2-turda oʻz maydonida Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubini qabul qildi va keskin bahsda 2:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Javohir Sidiqov ushbu uchrashuvda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер