OʻFA “Neftchi” bilan bogʻliq qarzdorlik holatini aniqladi

15:57 03 Oktyabr 2025 Sport
185 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitaning sentyabr oyi oxiridagi yigʻilishida “Neftchi” klubining futbolchi Sardor Abduraimov hamda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov oldidagi qarzdorliklari mavjudligi tasdiqlandi. Bu haqida Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

«Qoʻmita yigʻilishi bayoniga koʻra, fargʻonaliklar Abduraimov oldidagi qarzdorlikni joriy yilning 10-oktyabr sanasiga qadar, Ivankovga toʻlanmay qolgan ish haqini esa joriy yilning 6-oktyabr kunigacha toʻlab berishi belgilangan.

Klub tarafidan ushbu qarzdorlik oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, unga nisbatan moliyaviy jarimalarga qoʻshimcha ravishda ogʻirroq sport sanksiyalari qoʻllanilishi yuzasidan ogohlantirildi», – deyiladi, PFL xabarida.

Maʼlumot uchun, oʻtgan yillar mobaynida bunga oʻxshash holatlar klublardan 3 ochko olib tashlanishiga sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер