OAV vakillari oʻrtasida oʻq otish musobaqasi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan respublika OAV xodimlari oʻrtasida oʻq otish sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
“Sport – salomatlik garovi!” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu musobaqaning asosiy maqsadi jurnalistlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sport bilan faol shugʻullanishga keng jalb qilish hisoblanadi.
Musobaqada ishtirokchilardan 10 metr masofadan turib, belgilangan nishonlarni pnevmatik miltiqlarda moʻljalga olish talab etildi.
Murosasiz kechgan bellashuvda mergan jurnalistlar quyidagi natijalarni qayd etdi:
Erkaklar oʻrtasida:
1-oʻrin: Haydarov Qahramon Oʻktamovich (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti);
2-oʻrin: Zaitov Sanjar Sunnatullayevich (“Sport” telekanali);
3-oʻrin: Hojimetov Sherzod Ortiqboyevich (“Sport” telekanali).
Ayollar oʻrtasida:
1-oʻrin: Rahimova Dinara Rasulbek qizi (“Yoshlar” telekanali);
2-oʻrin: Talipjanova Shafoat Manapovna (“Sport” telekanali);
3-oʻrin: Almanova Mavjuda Poʻlatovna (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departmenti);
Gʻoliblik va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan OAV vakillari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatini OAVda yoritishda faol hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh jurnalistlarga tashkilot Markaziy kengashi raisining tashakkurnomalari topshirildi.
Taʼkidlash joizki, respublika boʻylab “Vatanparvar” tashkiloti tizimida avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, biatlon, oʻq otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlari seksiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tashkilot sportchilari ushbu turlar boʻyicha respublika, MDH, Osiyo va Jahon chempionatlarida yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring