Nurafshonda “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” ochildi
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda.
Ikki kun davom etadigan yarmarkada poytaxt viloyatidan 300 dan ziyod sanoat korxonalari 2,5 ming turdan ortiq, shuningdek, boshqa viloyatlardan kelgan 50 nafarga yaqin tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashayotir.
Tadbir doirasida viloyat hokimi va tizim mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda tijorat banklari tomonidan loyihalar uchun kredit mablag‘i ajratish, soliq to‘lovlari, yer-kadastr, investitsiya yo‘naltirish kabi ko‘plab masalalar yuzasidan yuzlab murojaatlar ko‘rib chiqildi. Jarayonda har bir murojaat tegishli tartibda mas’ullarga yo‘naltirildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga huquqiy tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring