Nukuslik erkak farzandi uchun 2,2 mlrd soʻm alimentni oldindan toʻladi
Foto: Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati
Nukus shahrida yashayotgan fuqaro farzandi uchun 13 yillik alimentni oldindan toʻlab, rekord oʻrnatdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi (MIB) matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qarzdor A.B. Nukus shahri MIB boʻlimiga kelib, farzandi uchun alimentlarni oldindan toʻlash istagini bildirgan.
“Shunda davlat ijrosi tomonidan qarzdorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga muvofiq farzandi voyaga yetguniga qadar toʻlanishi lozim boʻlgan aliment pullarini oldindan toʻlashi mumkinligi tushuntirilgan va kelgusi 13 (un uch) yil davomida toʻlashi lozim boʻlgan aliment pullari hisoblab chiqilgan boʻlib, u 2 milliard 270 million 812 ming soʻmni tashkil etgan”, — deyiladi xabarda.
Fuqaroning sobiq turmush oʻrtogʻi ushbu summa — 2 mlrd soʻmdan ortiq alimentni olganini tasdiqlagan.
MIB maʼlumotiga koʻra, bu — hozirgacha aliment toʻlash boʻyicha qayd etilgan eng yirik summa hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning aprel oyida Toshkentdagi erkak ham farzandi uchun 1,8 mlrd soʻm aliment toʻlab, shunga oʻxshash rekordni qayd etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring