Nukusda yuk mashinasi “Cobalt”ni uzoq masofaga sudrab ketdi

14:04 18 Oktyabr 2025 Jamiyat
392 0

Ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi “Cobalt” avtomobilini sudrab ketayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, 16-oktyabr kuni Nukus shahrida turkiyalik erkak boshqaruvida boʻlgan “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobili Nukus shahrida tugʻilgan fuqaroning “Cobalt” avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

Shundan soʻng, yuk avtomobili harakatni toʻxtatmasdan “Cobalt”ni qariyb yuz metrgacha masofaga sudrab ketgan. Sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.

Boshqarma xabarida aytilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер