Nukusda bir guruh nuroniylar taqdirlandi

Nukus shahridagi soʻlim maskanlardan birida xalq xoʻjaligining turli sohalarida samarali mehnat qilgan nuroniylar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtaldi.
Taʼkidlanganidek, keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Nuroniylarning mamlakatimizni yanada rivojlantirish, yurtdoshlarimizning farovon hayotini taʼminlash, jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi fidokorona mehnatlari eʼtirof etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi qarori bilan koʻp yillar davomida turli sohalarda halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarni jamiyat oldida masʼuliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlagan onaxonlar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanib kelmoqda.
Tadbirda bir guruh nuroniylarga “Mehnat faxriysi”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi qarori bilan “Ardoqli nuroniy”, “Ibratli ayol” hamda “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishonlari topshirildi.
Uchrashuv sanʼat va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring