Noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs xonadonidan 1,1 milliard soʻmlik mahsulot topildi
Foto: Illustrativ
Toshkent viloyatining Qibray tumanida noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi bilan bogʻliq qonunbuzarlik holati fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Baytqoʻrgʻon” QFY hududida joylashgan bir xonadonda tekshiruv oʻtkazildi.
Tekshiruv davomida fuqaro E.N. ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli ruxsatnoma va hujjatlarga ega boʻlmagan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish, tashish, saqlash va tibbiyot amaliyotida qoʻllash taqiqlangan tibbiy buyumlarni noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi. Ushbu buyumlar sotish maqsadida saqlanayotgan boʻlgan.
Tezkor tadbir natijasida 25 turdagi jami 16 780 dona tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur tibbiy mahsulotlarning umumiy bahosi 1,1 milliard soʻmni tashkil etgan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi — sifati tasdiqlanmagan yoki qalbakilashtirilgan tibbiy buyumlarni tarqatish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish — bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda mazkur ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring