“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umum eʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka izchil implementatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlanganidek, nogironligi boʻlgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga nogironligi boʻlgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanish, saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga asosan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umum eʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring