Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli “Superbet Chess Classic Romania 2025” xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, “Grand Chess Tour” tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.
Hamyurtimiz soʻnggi — toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va durang natija qayd etdi. Natijada Abdusattorov musobaqa davomida 1 gʻalaba, 7 durang va 1 magʻlubiyat bilan jami 4,5 ochko toʻplab, kuchli beshlikdan joy oldi. Uning musobaqadagi yagona magʻlubiyati hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi kechdi.
Turnirda gʻoliblik aynan Rameshbabu Praggnanandhaga nasib etdi. U soʻnggi turda amerikalik Levon Aronyan bilan durang oʻynadi va 5,5 ochko toʻplagan holda qoʻshimcha koʻrsatkichlar asosida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Fransiyalik Alireza Firuzdja esa ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni magʻlubiyatga uchratib, yuqori oʻrinlardan birini egalladi. Yana bir fransuz shaxmatchisi Maksim Vashye-Lagrav polshalik Yan-Krishtof Dudani ortda qoldirdi. Dommaradju Gukesh (Hindiston) va Fabiano Karuana (AQSH) oʻrtasidagi bellashuv durang bilan yakunlandi.
Mazkur musobaqa Nodirbek Abdusattorov uchun yana bir murakkab, biroq samarali sinov boʻldi. U jahon shaxmat elitasida oʻz oʻrnini yana bir bor isbotlab, xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring