Nikolya Sarkozi qamoqdan sud nazorati ostida ozod etiladi
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining qamoqdan ozod qilinishi va sud nazoratiga oʻtkazilishi haqidagi advokatlar arizasi Parij apellyatsiya sudi tomonidan qondirildi, deb xabar berdi “DW”.
Maʼlumotlarga koʻra, ozod qilingach, saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirgani uchun jazo olgan sobiq prezident elektron bilaguzuk taqib yurishi shart. Unga oʻz ishi boʻyicha ayblanuvchilar va guvohlar bilan muloqot qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Sud majlisida videoqatnashuv orqali soʻz olgan Sarkozi qamoqdagi sharoitni “juda ogʻir va har tomonlama charchatuvchi” deb atadi.
Nikolya Sarkozi 2007–2012-yillarda Fransiya prezidenti lavozimini egallagan. Unga nisbatan tergov 2013-yilda boshlangan. Sud siyosatchining prezidentlik kampaniyasi Liviya hukumati tomonidan noqonuniy moliyalashtirilganini aniqlagan.
Sentyabrda sud Sarkozini 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan edi. U 21-oktyabrdan beri Parijdagi “Sante” qamoqxonasida jazo oʻtayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring