Netflix va “Amadeus” onlayn-striming platformalari bilan hamkorlik masalasida kelishuvga erishildi

11:02 05 Iyul 2023 Dunyo
750 0

Kecha “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida “Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusida xalqaro anjumani tashkil etildi.

Anjumanda turizm targʻibotini xorijda tashkil qilish yoʻnalishida Buyuk Britaniyaning BBC, AQSHning CNN, Yevropaning “Euronews” jahon telekompaniyalari, AQSHning yirik Netflix va “Amadeus” onlayn-striming platformalari, Xitoyning “Trip.com” onlayn-sayohat platformasi, Birlashgan Arab Amirliklarining “Holiday factory” sayyohlik kompaniyasi, “Visa Fasilitation Services Global” kompaniyasi maʼmuriyati bilan turizm salohiyatini targʻib qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер