Netanyaxu Gʻazo mojarosini tugatishning besh tamoyilini eʼlon qildi
Foto: AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatning yagona yoʻli — “ishni oxiriga yetkazish va HAMASni magʻlub etish” ekanini bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi paytda Isroil Gʻazo sektori hududining 75 foizga yaqinini nazorat qilmoqda. Ammo HAMASning bir qator tayanch nuqtalari, jumladan, Gʻazo shahri hali ham ular qoʻlida.
— HAMASni yoʻq qilish — urushni tugatishning eng samarali yoʻli. Biz Gʻazoni bosib olishni emas, balki ozod qilishni maqsad qilganmiz, — dedi Netanyaxu.
U mojaroni tugatish uchun besh asosiy tamoyilni sanab oʻtdi:
- HAMASni qurolsizlantirish;
- Garovdagi shaxslarni ozod qilish;
- Gʻazoni demilitarizatsiya qilish;
- Xavfsizlik nazoratini Isroilga topshirish;
- HAMAS yoki Falastin avtonomiyasiga bogʻliq boʻlmagan “alternativ fuqarolik maʼmuriyati”ni shakllantirish.
Bosh vazirning aytishicha, yangi maʼmuriyat bolalarni terrorchilikka jalb qilishni, terrorni moliyalashtirish yoki qoʻllab-quvvatlashni hamda unga daʼvat qilishni mutlaqo rad etishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Isroilning harbiy-siyosiy kabineti Gʻazo ustidan nazorat oʻrnatish rejasini maʼqullagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring