Navroʻz bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz faoliyat yuritadi — SSV

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga koʻra, bu yil Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimiz ish haftasining turidan qatʼi nazar ketma-ket 4 kun dam oladi.
Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:
— 1257 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika,
— 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
— 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
— tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
— ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
— tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Yurtimiz boʻyicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat koʻrsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.
Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kecha-yu kunduz javob olishingiz mumkin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring