Navoiyda havoda yuqori ifloslanish aniqlandi
Navoiy viloyatida atmosfera havosi ifloslanganligi bilan bogʻliq holat oʻrganildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.
Oʻrganish davomida 19-iyul kuni ertalab tongi vaqti 7:00 dan 9:00 ga qadar Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining tahliliy laboratoriyasi hamda “Navoiyazot” AJga qarashli Sanitar laboratoriyasi bilan korxona atrofida tahlil ishlari olib borildi va atmosfera havosi tarkibi “EKOLAB” (Gazoanalizator) apparati yordamida tekshirildi.
Qayd etilishicha, “Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi laboratoriyasi tomonidan olingan tahlillar natijasiga koʻra 1-kuzatuv posti (Zulfiya koʻchasi)da uglerod ikki oksidi 1,04, ammiak 1,1 barobar, 2-kuzatuv posti (Meʼmorlar koʻchasi)da esa ammiak 1,2 barobar yuqoriligi maʼlum boʻldi.
Hozirda“Navoiyazot” korxonasi hududida tekshiruv oʻtkazish va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakili (biznes-ombudsman) bilan kelishilgan holda tekshiruvlarni oʻtkazish maqsadida toʻplangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.
Avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida hududdagi omborxonada joylashgan sigʻimdan pereks vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring