Navoiyda elektr taʼminotchilarining musobaqasiga start berildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Kunlar sovib, tabiiy gaz va elektr energiyasiga talab oshgan shu kunlarda ularning uzluksizligini taʼminlash endi soha xodimlarining kasbiy mahorat va tajribalariga bogʻliq. Shu bois “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Kasb mahorati” Respublika musobaqasi oʻtkazilib, unda favqulodda vaziyatlarda soha mutaxassislarining uni toʻgʻri baholash va yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishdagi bilim va malakalari sinovdan oʻtkazilmoqda.


— Musobaqa “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi tomonidan ilgari surilgan “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli ” shiori ostida oʻtkazildi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali direktori Bobir Islomov. — Shu jihatdan musobaqa profilaktik tasnifga ega boʻlib, tabiiyki unda ishtirok etganlarning barchasi oʻz malaka mahoratini yanada oshiradi.


Besh kun davom etadigan musobaqa besh bosqichda oʻtkazilib, unda ishtirokchilarning 10 kVli tayanchda jabrlanuvchini elektr tokidan ozod qilish va birinchi yordam koʻrsatish, GKTP-10/0,4 kVda yongʻinni oʻchirish, 10 kV ajratkichni taʼmirlash, 10kV kuchlanishli uch ustunli anker tayanchda nosoz izolyatorni almashtirish boʻyicha mahoratlari amaliy, bilimlari test sinovlari asosida baholanadi.
Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 120 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring