Navoiyda direktor oʻqituvchining pulidan “ulush” olmoqchi boʻldi
Videodan kadr
Navoiy viloyatidagi tumanlardan biridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori hamda bosh hisobchisi oʻzaro til biriktirib, maktab murabbiyiga ajratilishi kerak boʻlgan xizmat safari pulidan “ulush” olmoqchi boʻldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ular joriy yilning mart va may oylarida para yengil atletika sport turi boʻyicha murabbiy 8 nafar sportchi bilan Toshkent viloyatida oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etgani boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan jami 40 mln 722 ming soʻm miqdoridagi xizmat safari pullarini toʻlab berish evaziga ushbu summadan 40 foizini, yaʼni 16 mln soʻmdan ortiqroq qismini berishini talab qilgan.
Soʻngra bosh hisobchi murabbiyning bank plastik kartasiga xizmat safari puli hisobidan 10 mln soʻm oʻtkazib berib, shundan 3 mln soʻmni pora sifatida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring