Navoiy viloyatida yangi rahbarning birinchi ish kuni

17:57 09 Noyabr 2021 Jamiyat
574 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov o‘zining birinchi ish kunini viloyatning Xatirchi tumanidagi Avoqli mahallasida fuqarolar bilan uchrashuvdan boshladi. 

Mahalla ahli viloyatning yangi rahbariga o‘zlarini qiynayotgan masalalar, xususan, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, suyultirilgan gaz taʼminotini yaxshilash kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab murojaat qilishdi. Hokim mazkur murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq muddatli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, viloyat hokimi mazkur mahalla hududidagi 74-umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, ilm dargohining o‘quv anjomlari bilan taʼminlangani va kuz-qish mavsumiga nechog‘lik tayyorligini o‘rgandi. Maktab pedagogik jamoasi bilan muloqot qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xatirchi viloyatning aholi zich joylashgan hamda bugungi kunda bir qator ijtimoiy muammolar yig‘ilib qolgan hududlaridan hisoblanadi.

 

Temur ESHBOYEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер