Navoiy viloyatida paxta rejasi ortigʻi bilan bajarildi
Navoiy viloyati dehqon va fermerlari joriy yilgi paxta topshirish boʻyicha shartnomaviy rejani ortigʻi bilan bajardi. Viloyatda parvarish qilingan 24 ming 730 gektar maydonning har bir gektaridan oʻrtacha 42,5 sentnerdan hosil olindi. Bu natijada umumiy 105 ming 130 tonnadan ortiq sifatli xomashyo paxta qabul qilish maskanlariga topshirildi.

Ob-havo noqulay kelgan va suv tanqisligi kuzatilgan bu yilgi mavsumda ham viloyat paxtakorlari oʻzining boy tajribalari va zamonaviy usullaridan oqilona foydalanib, moʻl hosilga erishdi.

Maʼlumot uchun, hosilni oʻz vaqtida va sifatli yigʻib olish maqsadida 757 ta terim otryadi tashkil etildi. Terimda faol ishtirok etayotgan mehnatkashlarning mehnati tufayli yigʻilgan paxta qabul shoxobchalariga tez va sifatli yetkazib berilmoqda. Bu jarayonda 253 ta traktor va 1 ming 41 ta tirkama jalb etilgan.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring