“Navoiy uran”da oʻsish surʼati qariyb 140 foiz
Prezidentimizning 2022-yil 14-iyuldagi “2022 — 2030-yillarda “Navoiy uran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizda uran xomashyosi ishlab chiqarishda yagona hisoblangan korxona hayotida yangi sahifa ochdi.
Mazkur qarorda 2030-yilga qadar respublikamizda uran mineral xomashyosi bazasini 100 ming tonnaga yetkazish, tabiiy uran mahsulotini ishlab chiqarish hajmini ikki baravar, ammoniy perrenatini 1,7 barobarga oshirish, korxona iqtisodiy salohiyatini toʻlaqonli namoyish etish maqsadida uran zaxiralari va resurslari geologiyasi, ularni qazib olish, qayta ishlash va eksport hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari boʻyicha maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish boʻyicha cheklovlarni olib tashlash vazifalari belgilangan.
Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Navoiyuran” davlat korxonasi bir qator rivojlangan mamlakatlarning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib, 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida korxona tomonidan 10,6 trln. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.

— Oʻsish surʼati 2024-yilning mos davriga nisbatan 137,7 foizni tashkil etdi, — deydi “Navoiy uran” DK Byudjetni rejalashtirish boʻlimi boshligʻi Nazira Ergasheva. — Respublika Davlat byudjetiga 3,8 trln. soʻm miqdorida soliqlar va dividendlar toʻlandi. Investitsiya dasturi doirasida 98,4 mln. dollarlik mablagʻ oʻzlashtirilib, 202 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Korxonada mahalliylashtirish dasturi doirasida 91,1 mlrd. soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilib, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida 871,9 mlrd. soʻmlik mahsulot xarid qilinishiga erishildi. Xarajatlarni maqbullashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ijrosi esa mahsulot tannarxini 381,6 mlrd. soʻmga kamaytirish imkonini berdi.
Albatta, ushbu natijalarning barchasi yuqoridagi qarorda belgilangan vazifalar samarasidir.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring