“Nasaf” klubi Osiyoning amaldagi chempioni bilan durang oʻynadi
Bugun, 16-noyabr kuni ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi start oldi. Kunning markaziy bahslaridan birida Oʻzbekiston chempioni — Qarshining “Nasaf” jamoasi musobaqaning amaldagi gʻolibi, Xitoyning “Vuxan Jiangda” klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Hisob uchrashuvning 16-daqiqasida ochildi. “Nasaf” ayollar jamoasining afrikalik legioneri Greys Adams noxush tarzda oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Nilufar Qudratova aniq zarba yoʻllab, hisobni tenglashtirdi.
Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi boʻlim qanchalik shiddatli oʻtmasin, hisob oʻzgarmadi.
Shu tariqa “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyoning amaldagi chempioni bilan durang natija qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring