“Nasaf” klubi Osiyo chempionlar ligasining final bosqichiga yoʻl oldi

Kecha, 31-avgust kuni ayollar klublari oʻrtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining yakuniy saralash bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Xabar berganimizdek, saralashning “B” guruhiga Qarshi shahri mezbonlik qildi. Kecha “Nasaf” jamoasi guruhdagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi.
“Qarshiliklar”ga bu gal Tailandning amaldagi chempioni “College of Asian Scholars” klubi raqiblik qildi. Uchrashuv 2:1 hisobi bilan maydon egalarining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga “Nasaf” jamoasidan Diyora Habibullayeva va Lyudmila Karachik mualliflik qildi. Tailand klubining yagona javob goli Orapin Vayenggoyen hisobiga yozildi.
Shu tariqa Vladislav Xan boshchiligidagi klub Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining final bosqichiga yoʻl oldi. Ushbu musobaqa oʻyinlari 11-sentyabrdan start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring