Namanganda yashirin dori omborlari fosh qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyat bojxona boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarini jalb qilgan holda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Uychi tumanida yashovchi, 1985, 1992 va 1993-yillarda tugʻilgan 3 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, kontrafakt va sifat sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanayotgani fosh qilingan.
Shundan soʻng, ularga tegishli boʻlgan Namangan shahri va Uychi tumanidagi 5 ta manzildagi mavjud yashirin omborlar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan hamda tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan, taxminiy qiymati 7,2 milliard soʻmlik 1 ming 267 turdagi jami 102 ming 640 quti kontrafakt dori vositalari (“Geparin”, “Aktovegin”, “Xilak forte”, “Ursofalk” va boshqalar) mavjudligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida ushbu dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Bundan tashqari, rasmiylashtiril dori vositalari orasida tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan “Testosteron” va “Retabolil” nomli preparatlar mavjudligi ham fosh boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, mazkur kontrafakt dori vositalari mamlakatimizga Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3 va 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rejalashtirilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring