Namanganda xalqaro maktabning filiali ochildi

Dunyoga mashhur “Thompson” xalqaro maktabining viloyatda tashkil etilgan filiali Namangan davlat texnika universiteti uchun qurilgan ming oʻrinli koʻp qavatli binoning quyi qavatlaridan joy oldi. Bu yerda oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun zamonaviy sharoitlar mavjud: sinf xonalarining jihozlanishidan tortib, oʻquv vositalarigacha eng soʻngi rusumdagi ilgʻor texnologiyalardan iborat. Bularning barchasi taʼlim jarayonlarini jahon andozalarida olib borish imkoniyatini yaratadi.
Kecha ushbu muassasaning tantanali taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov qatnashib, keyingi yillar mobaynida maktablarda zamonaviy sharoitlarni yaratish va oʻqituvchi nufuzini, taʼlim sifatini oshirish, tizimda xususiy sektor ulushini kengaytirishga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Viloyatda faoliyat boshlagan yangi bilim maskani ham iqtidorli yoshlar safini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Shundan soʻng birinchi qoʻngʻiroq jaranglab, ramziy lenta kesildi va xalqaro maktabning Namangan filiali oʻzining dastlabki oʻquvchilarini bagʻriga oldi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring