Namanganda bir-biriga tutash qurilgan 4 ta uy yonib ketdi
Namangan viloyati Namangan shahar “Istiqbol” MFYda bir-biriga tutash qurilgan uylarda yongʻin kelib chiqdi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Hodisa 2021-yilning 20-noyabr kuni soat 07:10 da sodir boʻlgan. Soat 07:16 da 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va soat 07:58 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 4 ta uyning taxminan 300 kv.m. maydoni, tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Yongʻin oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring