Namangan davlat texnika universitetiga rektor tayinlandi
Namangan davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oybek Karimovich Ergashev Namangan davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
Oybek Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot oʻrnida, Oybek Karimovich Ergashev 1982-yil 7-yanvar kuni Namangan tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 2003-yili Namangan muhandislik-pedagogika institutining bakalavriat, 2006-yili magistratura yoʻnalishini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog-pedagog.
Oybek Ergashev mehnat faoliyatini 2003-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutida kimyoviy texnologiya kafedrasi laboratoriya mudiri sifatida boshlagan. U mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-pedagogika instituti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti, Namangan muhandislik-texnologiya institutida turli masʼul vazifalarda samarali ish olib borgan. Institutning kimyo-texnologiya fakulteti dekani, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring