Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

15:19 28 Avgust 2024 Iqtisodiyot
1775 0

Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya toʻlovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamgʻarmasi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning 2024-yil sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi.

Oʻzbekiston prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoniga [PF-108-son] muvofiq sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga toʻlanishi taʼminlanadi.

Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga toʻlovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер