Murod Xontoʻrayev yana pichoqlandi

11:50 27 Mart 2019 Jamiyat
1339 0

Aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi, oʻzbekistonlik Murod Xontoʻrayevga yana pichoq orqali hujum qilishgan. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, bugun, 27 mart kuni Xontoʻrayev oʻzining yaqinlaridan biri bilan gap talashib qolgan. Natijada mojaroning ikkinchi ishtirokchisi Murod Xontoʻrayevga pichoq bilan hujum qilgan.

Xontoʻrayevga tibbiy yordam koʻrsatilgan. Uning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bir muddat muqaddam bir guruh jinoyatchilar Murod Xontoʻrayev ishlaydigan doʻkonga kelib, unga va sheriklariga pichoq bilan hujum uyushtirgani tasvirlangan videolar tarqalgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер