Muqaddam sudlangan fuqaro avtomobilidan 4 ming quti sifatsiz tamaki mahsulotlari topildi

10:21 30 Sentyabr 2025 Jamiyat
197 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tumani boʻlimi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan, muqaddam sudlangan fuqaro A.R.ning “Cobalt” rusumli avtomashinasi “Yangiqoʻrgʻon-Namangan” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida toʻxtatilgan.

Ushbu avtomobil koʻzdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan 2 ming 500 quti “Milano New York” va 1 ming 500 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlangan va tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер