Muxammad Salah Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin
Misr milliy terma jamoasining noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan tijoriy turnir uchun qaydnomasi maʼlum boʻldi. Bu haqda Misr futbol federatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, tarkibdan quyidagi futbolchilar oʻrin olgan:
Darvozabonlar: Muxammad El Shenavi (“Al-Axli“), Axmad El Shenavi (“Piramids“), Muxammad Sobxi (“Zamalek“), Mustafa Shobeir (“Al-Axli“).
Himoyachilar: Muxammad Xani (“Al-Axli“), Muxammad Xamdi (“Piramids“), Axmad Fattox (“Zamalek“), Rami Rabia (“Al-Ayn“, BAA), Xolid Sobxi (“Zamalek“), Xossam Abdelmadjed (“Zamalek“), Muxammad Ismoil (“Piramids“).
Yarim himoyachilar: Marvan Attiya (“Al-Axli“), Xamdi Fati (“Al-Vakra“, Qatar), Moxannad Lashin (“Piramids“), Muxammad Shexata (“Zamalek“), Mahmud Saber (“Zed“), Mahmud Trezeguet (“Al-Axli“), Ibrohim Adel (“Al-Djazira“, BAA), Marvan Osman (“Zamalek“), Omar Marmush (“Manchester Siti“, Angliya), Axmad Zizo (“Al-Axli“), Muxammad Salah (“Liverpul“, Angliya).
Hujumchilar: Osama Faysal (“Bank El Axli“), Muxsin Salax (“Al-Masri“), Mustafo Muxammad (“Nant“, Fransiya).
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Misr terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin 14-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring