Mualliflik huquqini buzgan sanʼatkor jarimaga tortildi
Mualliflik huquqini buzgani uchun xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, fargʻonalik shoir Ismoiljon Babayevga tegishli “Ona yuring hajga boramiz” nomli sheʼr xonanda Farrux Xamrayev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Sudda xonanda qonunni buzgani aniqlanib, unga ayblangan moddasi boʻyicha chora koʻrish belgilandi.
Taʼkidlash joiz, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishga haqlidir.
Avvalroq xalqimiz orasida “Abdussamiy” taxallusi bilan bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Qizgʻanaman”, “Soʻnggi nafasgacha”, “Sogʻindim yomon” hamda “Dildora” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring