Moʻtabar, mukarram, muharram – Fargʻonada bayram ishtirokchilari ana shunday olqishlar bilan eʼzozlandi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahrida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tantanali tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yurtimizning barcha ayollari, fargʻonalik opa-singillar, onajonlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram munosabati bilan Prezidentimizning Farmoniga koʻra, bir guruh fargʻonalik faollar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgani mamnuniyat bilan taʼkidlab oʻtildi. Dilnoza Abdurasulova va Layloxon Saynazarova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangani eʼtirof etildi.
Oʻz navbatida, keyingi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning oʻrni, mavqeyi yuksalib, taʼlim, tibbiyot, fan, tadbirkorlik, madaniyat sohalaridagi boshqaruv sohasida ularning salmogʻi oshib borayotgani qayd qilindi. Xususan, bugungi kunda Fargʻona viloyatida rahbar ayollar ulushi 32 foizga, oliy taʼlimdagi qizlar ulushi 50 foizni tashkil etmoqda. Istiqbolli zaxira kadrlar sifatida 2600 nafar xotin-qizlarning roʻyxati shakllantirildi.
Tadbirda yurt ravnaq-rivoji yoʻlida faollik va fidoyilik koʻrsatayotgan 25 nafar hamyurtlarimizga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni, turli sohalarda jonbozlik bilan faoliyat borayotganlarga Fargʻona viloyati hokimligining faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. “Fargʻona ayoli” videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
— Bugungi bayramda oʻtgan yil yakunlari boʻyicha Fargʻona viloyati mamlakatimiz hududlari oʻrtasida samaradorlik koʻrsatkichlari oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi tufayli birinchi oʻrinni egallagani tantanali tarzda maʼlum qilindi, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova. — Yutuqlarimiz munosib eʼtirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovgʻasi berildi. Bu fargʻonalik barcha opa-singillarimiz mehnatining yuksak eʼtirofidir.
Bayramga oʻzbek milliy akademik drama teatri jamoasi tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur yanada fayz va shukuh baxsh etdi. Elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar ijrosida yangragan sheʼriy monologlar, mumtoz qoʻshiqlar qatnashchilar tomonidan rosa olqishlandi. Qadrdon kuy-qoʻshiqlar barchani shodon davraga chorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring