Moskvadagi “Crocus City Hall” savdo koʻngilochar majmuasida terrorchilik akti sodir boʻldi
Moskvadagi “Crocus City Hall”da terakt sodir etildi. Hozirgacha kamida 40 kishi halok boʻlgani va yana 100 kishi yarador boʻlgani aytilmoqda.
Mart oyi boshida Rossiyadagi AQSH elchixonasi Moskvada sodir etilishi mumkin boʻlgan teraktlar haqida ogohlantirish eʼlon qilgandi. Keyinroq, Buyuk Britaniya, Latviya va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday xavf haqida oʻz fuqarolarini ogohlantirgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Crocus City Hall“ konsert zalida sodir boʻlgan fojia oqibatida oʻnlab begunoh insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan prezident Vladimir Putinga taʼziya yoʻlladi.
Maktubda Oʻzbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qatʼiy qoralashi bildirilgan.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasiga “Crocus City Hall”dagi terakt natijasida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari haqida hozircha maʼlumot kelib tushmaganligi aytildi.
Elchixona huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada boʻlib turibdi.
Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik boʻlimining koll-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76. Elektron pochta manzili: uzkorus@mail.ru
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring