Moskvada Gʻalaba paradi oʻtkaziladi
Foto: vm.ru/news
Koronavirus tufayli 9-may kuniga rejalashtirilgan Gʻalaba paradini bekor qilish yoki cheklash haqida hech qanday qaror qabul qilingani yoʻq, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Tadbirga har tomonlama tayyorgarlik ketmoqda, delegatsiyalarni kutib olish, harbiy paradga doir ishlar olib borilmoqda. Paradni bekor qilish haqida hech qanday gap yoʻq. Bu juda yirik masshtabli tadbir boʻladi.Vaziyatni kuzatib boramiz”, — dedi Peskov.
Peskov, shuningdek, Rossiya uchun yirik va muhim boʻlgan tadbirda koʻplab xorijiy mehmonlar taklif qilinganini va ularning aksariyati oʻz ishtirokini tasdiqlaganini xabar qildi.
Maʼlumot uchun, Moskvaga Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda 20 dan ortiq davlat rahbarlari oʻz ishtiroklarini tasdiqlagan edi. Ular orasida KXSHT va MDH davlatlari rahbarlari, Hindiston, Fransiya, Chexiya, Kuba va boshqa mamlakat prezidentlari bor. Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp paradga kelmasligini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring